TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Toshkentda masjidni xususiylashtirmoichi bo‘lgan kriminal avtoritet Nosirov Shuhrat va uning ukasi Nosirov Shavkat huquqni saqlash organlari tomonidan qo‘lga qo‘lga olindi deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24”telekanali.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlanishiga ko‘ra, aka-uka Nosirovlar Do‘mbirobod mavzusida joylashgan “Nosirxon” masjidining ustavi, muhri va boshqa hujjatlarini olib ketib, masjid nomini o‘zgartirishga va uni o‘z nomlaridan boshqarishga harakat qilishgan.
Undan tashqari Nosirovlar ushbu mavzeda istiqomat qiluvchi boshqa fuqarolarning uylarini qo‘rqitish va tayziq yo‘li bilan olib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.
Xabarda aylishiga ko‘ra Nosirov Shuxrat Shukurillayevich, kriminal dunyoda laqabi — Shuxrat «Domrabadskiy», 1957-yilning 27-aprelida Toshkentda tug‘ilgan. Hibsga olinganiga qadar Chilonzor tumanining Naqqoshlik, ko‘chasi 42uyda yashab kelgan.
Nosirov Shuxrat 1993-yilda, firibgarlik, o‘g‘irlik, va transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlarda ayblanib 15-yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2016-yilning avgustiga qadar qamoqda bo‘lgan.
Nosirov Shavkat Shukurillayevich 1956 yilning 15 oktabrida tug‘ilgan. Oldin sudlanmagan. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Chilonzor tumani Naqqoshlik ko‘chasida 44 uyda vaqtincha yashab kelgan.