TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Olimlar bir necha yillik tahlildan so‘ng saraton kasalini keltirib chiqaruvchi asosiy ikki mahsulotni aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Which nashri.
Olimlar fikriga ko‘ra, oshqozon va ichalarda saraton kasalining payo bo‘lishiga birinchi navbatda qayta ishlangan qizil go‘sht iste’mol qilish ekan. Aniqrog‘i, go‘shtning o‘zi emas, uni uzoqroq saqlab turish uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘shiladigan nitrat va nitrit kimoviy moddalar saraton kelib chiqishiga sabachi ekan.
"Kuniga 50 gramm bekon iste’mol qilish saraton kasali paydo bo‘lishi ehtimolini 18%ga oshiradi", — deyilgan xabarda.
Rak kasalini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi o‘rinda — shakar turar ekan. Bu borada aniq dalil isbotlar topilmagan bo‘lsada, bugungi kunda shakar juda ko‘p mahsulotlar tarkibiga qo‘shilishi va buning oqibatida odamlarda ortiqcha vazn paydo bo‘lishi — isbotlangan. Ma’lumki, ortiqcha vazn — rak kasali paydo bo‘lish ehtimolini bir necha barobar oshiradi.
Shu o‘rinda olimlar organizmda kansirogen moddalar oshishi va rak kasali paydo bo‘lishini oldini olish maqsadia ko‘k choy, kurkuma, anor, baliq, chernika va ko‘proq meva-sabzavotlar iste’mol qilishni maslahat berishmoqda.