Jamiyat

Oʻzbek matbuotida portlash sodir boʻldi - gʻarbiy OAV bosh muharriri

© UzMAA / Vstrecha rukovodstva UzMAA i radio "Ozodlik"
Vstrecha rukovodstva UzMAA i radio Ozodlik - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Oʻzbek matbuotida ijobiy maʼnoda portlash sodir boʻldi va biz ana shu portlashning bir boʻlagi boʻlishni xohlardik" - dedi Ozodlik radiosi bosh muharriri OʻzMAA rahbari bilan boʻlgan uchrashuvda.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Kecha,  29 iyun kuni Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev va "Ozodlik" radiosi xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitse-prezidenti Ninad Pejichlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Matbuot va Axborot agentligi.

Uchrashuvda OʻzMAA Bosh direktori L.Tangriyev mehmonga Agentlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari haqida maʼlumot berib, ushbu tashkilot ommaviy axborot vositalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi ekanligini qayd etib oʻtdi.

Ninad Pejich ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlab, Agentlikning xuddi boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi OAV sohasida qonun buzilishlarining oldini olish, ularning faoliyat koʻrsatishlari uchun guvohnoma berish kabi masalalar bilan shugʻullanishi unga maʼlum ekanligini alohida taʼkidlab, quyidagilarni maʼlum qildi:

— Oʻzbekistonga kelishimning asosiy sabablaridan biri shuki, bugun davlatingizda juda katta oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Biz, albatta, bu oʻzgarishlarni Oʻzbekiston uchun yaxshi deb hisoblaymiz. Shuningdek, oʻzbek matbuotida ijobiy maʼnoda portlash sodir boʻldi. Va biz ana shu portlashning bir boʻlagi boʻlishni xohlardik. Aynan mana shuning uchun ham Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtgan holda faoliyat yuritishni istaymiz. Men Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida katta ishtiyoqni his qilyapman. Chunki hamma davlatlarda ham matbuot sohasidagi vaziyatni yaxshi deb boʻlmaydi. Baʼzi davlatlarda OAV erkinligi pasayib bormoqda, — dedi Ninad Pejich.

— Siz taʼkidlagan portlash muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning samarasidir. Chunki, sir emaski, har qanday jamiyatda matbuot va OAV erkinligini cheklovchi kuchlar mavjud boʻladi. Prezidentimizning qatʼiyati, azmu shijoati ana shu kuchlarni yengdi. Oʻzbek jurnalistikasi tarixida hech qachon kuzatilmagan imkoniyat eshiklari ochildi, ulkan shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Misol uchun, yaqindagina tashkil etilgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini yoki nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat fondi tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni aytib oʻtish mumkin. Shuningdek, 27 iyun — Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan oʻnlab nodavlat OAV, xususan, internet nashrlari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, — deya fikr bildirdi L.Tangriyev.

Yangiliklar lentasi
0