Gulnora Karimovaning advokati Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashmoqchi

© Sputnik / Valeriy LevitinGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova 2015-yil avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Shveysariyaning Mangeat Attorneys at Law advokatlik idorasi egasi va rahbari Greguar Manja va uning hamkasblari Fanni Margayras va Elis Parmentye Gulnora Karimova bilan uchrashish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda "Daryo" internet nashri xabar qildi.

Gulnara Karimova na 65-y Kannskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln $ qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi

Karimova 2015-yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, o‘g‘irlik, pul undirish, davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar to‘lashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Rasmiy bayonotda xabar qilinishicha, Karimovaga nisbatan yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra, Gulnora Karimova bojxona qonunchiligi, savdo-sotiq qoidalarini buzish, chet el valyutasini yashirincha saqlash, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda. Mazkur ish bo‘yicha tergov hali yakunlanmagan.

Advokat Manja O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashish niyati borligini bildirgan. Uning fikricha, prezident Gulnora Karimovaning qamoqxonada saqlanish sharoitlarini o‘zgartira oladigan yagona shaxsdir. Manja hukumatga prezident bilan uchrashishni so‘rab 2-marta murojaat qilganini aytgan.

Greguar Manja mijozi Gulnora Karimova bilan ikki marta — 2016-yil dekabri va 2018-yili aprelida uchrashgan.

Manja Karimovani noaniqlik qiynayotganini aytgan. Advokatning so‘zlariga qaraganda, apreldagi uchrashuvi davomida Karimovaning kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘lib qolgani, shuningdek, uning toliqqani sezilgan. Gulnora Karimova qabul qilgan dorilari ta’sirida suhbat davomida diqqatini jamlay olmagan. "Biroq u jasoratga to‘la va o‘ziga qarshi qo‘yilayotgan ayblarni inkor qilmoqda", — deydi shveysariyalik advokat.

Manjaning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Karimova Toshkentdan 3 soatlik yo‘l uzoqligida joylashgan qamoqxonada saqlanmoqda. Advokatning fikricha, Gulnora Karimovaning qamoqxonada saqlanishi va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishga bo‘lgan yondashuv Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin ijobiy tomonga o‘zgargan. Shunga qaramasdan, advokatning aytishicha, mijozining vaziyati "juda yomon"ligicha qolmoqda.

Huquqshunosning aytishicha, Shveysariyada 2012-yili Gulnora Karimova va yana 6 nafar o‘zbekistonlikka nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish juda murakkabdir. Uning fikricha, Karimovaning manfaatlarini e’tiborga olmay, konstruktiv yechim topishning iloji yo‘q.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga qaraganda, Greguar Manja va uning hamkasblari Gulnora Karimova bilan uchrashishlari uchun hech qanday to‘siq yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0