TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya tomon amerika tomon istagan darajada AQSh bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyor, deb bayonot berdi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.
Peskov Amerika yetakchisining Moskva va Vashingtonning munosabatlari yaxshilanishiga Shtatlardagi ichki siyosiy qarama-qarshiliklar halal berayotgani to‘g‘risidagi ta’kidlariga izoh berib o‘tirmadi.
"Bu fikr Rossiya tomonidan emas, balki prezidentning o‘zi (AQSh prezidenti) tomonidan aytildi, shu bois bu yerda manba xabarga tayanish kerak", — dedi Peskov.
Putin va Tramp uchrashuvi 16-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlar RF va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning istiqboldagi rivojlanishi, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.