TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Afg‘oniston politsiyasi spesnazi qo‘mondoni Azizulloh Karvan Qobulda noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News kanalidan olingan ma’lumot asosida.
Xabarda aytilishicha, Karvan Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika provinsiyasida politsiyachilar spesnazining 01 bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan.
Mart oyida Pajvak agentligiga bergan intervyusida Karvan kuch tuzilmalaridagi 16-yillik faoliyati davomida o‘z joniga qilingan 38ta suiqasdni boshdan kechirganligi haqida aytib bergan.