O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

© Sputnik / Ilya PitalevRabochiy na linii upakovki na monetnom dvore.
Rabochiy na linii upakovki na monetnom dvore. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy banki 2-iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarni muomalaga chiqaradi.

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2-iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilshini e’lon qildi.

© Sentralniy bank RUz50 so‘mlik tanga pul
O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston
50 so‘mlik tanga pul

Tanga pullar muomalaga chiqarilishi bilan eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgan, - deyilgan xabarda.

© Sentralniy bank RUz100 so‘mlik tanga pul
O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston
100 so‘mlik tanga pul

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Eski namunadagi pullarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

© Sentralniy bank RUz200 so‘mlik tanga pul
O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston
200 so‘mlik tanga pul

Bank xabariga ko‘ra, eski namunadagi 50, 100 so‘mlik tangalar banknotlar 2019-yilning 1-iyuliga qadar, 200 va 500 so‘mlik banknotlar 2020 yilning 1 iyulga qadar muomalada qoladi.

© Sentralniy bank RUz500 so‘mlik tanga pul
O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi - Sputnik O‘zbekiston
500 so‘mlik tanga pul

Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha subyektlarining kunlik naqd pul tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo‘lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni bank filiallari orqali ham yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0