O‘zbekistonda 16,8 million so‘mlik "Neft" nomli aroq ushlandi

© Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta RUzSotrudniki Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan konfiskovali vodku "Neft"
Sotrudniki Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta Respubliki Uzbekistan konfiskovali vodku Neft - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mazkur alkolli ichimliklarning umumiy qiymati 16,8 mln. so‘mni tashkil etar ekan.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bojxonachilari "Moskva-Andijon" poyezdi yo‘lovchilarining yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida, yo‘lovchilardan birining yuklari orasiga 48 dona salkam 40 litr hajmdagi "Neft" aroqlari yashirilganligini fosh qilishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Zagruzka bagaja na bort samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan kelayotgan o‘zbekistonlik "yashil yo‘lak"dan yuklarni yashirib o‘tishga urindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mazkur alkolli ichimliklarning umumiy qiymati 16,8 mln. so‘mni tashkil etar ekan.

Bundan tashqari, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Keles" temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan "Almata-Nukus" yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan birining yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 80 litr turli xil pivo ichimliklari borligini aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishning amaldagi tartiblariga ko‘ra, jismoniy shaxslar O‘zbekistonga alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni 2 litrgacha bojsiz olib kirishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0