Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Bumaga i ruchka
Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va iste’dodingizga tayanamiz – deyilgan prezident tabrik so‘zida.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Bumaga i ruchka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi

"Qadrli do‘stlar! Avvalambor, siz, azizlarni, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan muhtaram faxriylarimizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etish, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi", — deb boshlangan prezident tabrik so‘zi.

Prezident tabrigida mustaqillik yillarida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining soni qariyb 4 barobar ko‘payib, 1500 taga yetgani ushbu tarmoqda o‘sish, o‘zgarish jarayonlari izchil davom etayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, "Eng muhimi, soha rivojida ana shunday miqdor o‘zgarishlari bilan birga sifat o‘zgarishlari ham yuz bermoqda. Buning tasdig‘ini milliy media maydonimizda fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo‘lgan nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog‘i kengayib, samarali faoliyat ko‘rsatayotgani, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin", — deyilgan prezident tabrigida.

Prezident tabrik so‘zida internet jurnalistikasi ham to‘xtalib o‘tdi.

"Bugun biz dunyodagi uzoq-yaqin davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, yurtimizdagi demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga intilar ekanmiz, boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati bo‘yicha ham hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz. Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda "to‘rtinchi hokimiyat" darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi" — deyilgan tabrik so‘zida.

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalar o‘rni va amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Hozirgi vaqtda hayotimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va yangilanish jarayonlarining tub mohiyatini xalqimizga yetkazish, odamlarni yangi marralar sari safarbar etish, oldimizga qo‘ygan vazifalarni sifatli amalga oshirishda sizlarning ta’sirchan so‘zingiz, faol grajdanlik pozitsiyangiz suv bilan havodek zarur", — deyilgan prezident tabrigida.

Tabrik so‘zining oxirida Mirziyoyev jurnalistlarga sihat-salomatlik tiladi.

"Aziz va muhtaram do‘stlar! Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman", — deb tabrik so‘zini yakunladi prezident.

Yangiliklar lentasi
0