Trampning maslahatchisi muzokaralar o‘tkazgani Moskvaga kelmoqda

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIDjon Bolton
Djon Bolton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iyun oyining o‘rtalarida, Tramp o‘z intervyularining birida yaqin vaqtda Putin bilan uchrashishi mumkinligiga umid bildirgach, Moskva va Vashington o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha aloqalar sezilarli faollashuv qayd etilgan edi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton chorshanba kuni Moskvada Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar berdi RIA Novosti. 

Prezident Rossii Vladimir Putin prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi
AQSh milliy xavfsizligi kengashi ushbu tashrif haqida ma’lum qilar ekan, Bolton rossiyalik hamkorlar bilan AQSh va Rossiya prezidentlari — Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi "bo‘lishi kutilayotgan uchrashuv"ni muhokama qilajagini aytdi.

Iyun oyining o‘rtalarida, Tramp o‘z intervyularining birida yaqin vaqtda Putin bilan uchrashishi mumkinligiga umid bildirgach, Moskva va Vashington o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha aloqalar sezilarli faollashuv qayd etilgan edi. Shundan so‘ng Times nashri AQSh ma’muriyatidagi mansabdorlar ikki yetakchi uchrashuvi iyul oyida, NATO sammitidan oldin yoki undan keyin bo‘lib o‘tishini mo‘ljallashayotgani haqida xabar qilgan edi.

Moskvada hozircha oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini tasdiqlashgani va inkor etishgani ham yo‘q. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbatda Bolton chorshanba kuni Kremlda qabul qilinadimi degan savolga ochiq javob bermadi, agar Putin u bilan uchrashsa "biz sizlarga xabar beramiz", — deyish bilan kifoyalandi.

Hamkasblari orasida "Qirg‘iy" deya nom qozongan konservator Jon Bolton hurpaygan mo‘ylovga ega va ular, mish-mishlarga qaraganda Donald Trampga yoqmaydi. Bolton aprel oyida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

AQSh Davlat kotibining sobiq o‘rinbosari Bolton murosasiz noyekonservator dovrug‘ini qozongan. U hamisha KXDRga nisbatan ham Eronga nisbatan ham keskin va qat’iyatli bo‘lib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0