Husan Sharipov vafot etdi

Obuna bo‘lish
O‘zbek xalqining sevimli aktori Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Bugun 26-iyun kuni O‘zbek xalqining sevimli komik aktori, O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 81 yoshida vafot etdi.

Husan Sharipov 1937-yilning 27-iyulida Toshkentda tug‘ilgan. 1963-yilda Toshkent Badiiy-teatr institutini tugatgan.  1959 – 1991-yillarda Muqimiy teatri aktori bo‘lib ishlagan. 1995-1997 yillarda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi bo‘lgan.

Husan Sharipov 1991-yilda O‘zSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan, 1999-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni laureati bo‘lgan.

Husan Sharipov suratga tushgan kinofilmlar bugungi kunda o‘zbek kinosining oltin me’rosiga aylangan desak xato bo‘lmaydi. Shunday filmlar orasida “Oltin devor”, Maysaraning ishi”, “Sunyunchi”, “Vodillik kelin”, “Tangalik bolalar”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chinor tagidagi duel”, “Alvido g‘o‘r yoshligim”, “Kichkina tabib”, “Bomba”, “Makler” va yana o‘nlab kinolentalar bor.

Yangiliklar lentasi
0