Migrantlar Moskva budjetiga 7,7 milliard rubl patent to‘lov to‘lashdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil yanvar-may oyida 208 ming dona mehnat patentlari berildi.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Moskva hukumati vaziri Vladimir Yefimov migratsion markazi ish yakunlari haqida ma’lumot berdi.

Migranti na rabote v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevdan yordam so‘ragan migrantlar haqida yangi faktlar ma’lum bo‘ldi

"Shu yil yanvar-may oyida Moskva Migratsiya markazi ish faoliyati mehnat migrantlari qonuniy tarzda ishlashga qiziqish ortganligini ko‘rish mumkin. 2017-yil shu davr ko‘rsatkichiga nisbatan berilgan patentlar soni 20 %ga ko‘paydi. Patent takroran rasmiylashtirish to‘g‘risida arizalar soni 92 %ga yetdi", — dedi Moskva hukumati vaziri, shahar iqtisodiy siyosati va rivojlantirish departamenti rahbari Vladimir Yefimov.

Shu yil besh oyida migratsiya markazida 208 ming dona yoki har kuni 1,4 ming dona mehnat patent berildi. O‘tgan yil ko‘rsatkichiga nisbatan patent rasmiylashtirish bo‘yicha takroran murojaatlar soni 9 %ga ortdi. Moskva budjetiga mehnat patentlaridan tushgan daromad 7,7 milliard rubl yoki 26 foizga ko‘paydi.

"Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazi amalda xorijiy fuqarolar uchun poytaxt mehnat bozoriga chiqish joyi bo‘lib qoldi. Samarali axborot almashinuvi tufayli mehnat muhojirlari markazning o‘zida patent olishmoqda. Shuningdek, markazining o‘zida patent amal qilish muddatini uzaytirib, har oylik to‘lovlarni mustaqil tarzda to‘lashmoqda", — deya o‘z fikrini bildirdi Vladimir Yefimov.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, migratsiya markazida patent rasmiylashtirish yengil va qulay tartibi ko‘plab noqonuniy faoliyat yuritgan vositachi-firmalarni ishsiz qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0