TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Andijonda yosh ona ikki bolasi bilan o‘zini suvga tashladi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz nashri.
Bosh prokuratura xabarida aytilishiga ko‘ra, 25-iyun kuni soat 10:30 larda Andijonda 27 yoshli ona 3 va 7 yoshli bolalarini arqon bilan o‘ziga bog‘lab “Shaxrinsoy” kanaliga o‘zini tashlagan.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar ayolni va bolalarini suvdan chiqarib olishgan. Natijada ayol tirik qolgan bolalari esa qurbon bo‘lgan.
Ushbu jinoiy ish yuzasidan Jalolquduq tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy kodeksining 97 bandining “V” bo‘limiga muvofiq (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.