TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasi o‘zgarayapti, dedi Sputnik muxbiriga Xalq ta’limi vazirligi kadrlar bo‘limi vakili.
Xalq ta’limi vazirligi kadrlar bo‘limi xodimi ushbu xabarlarni rad etdi.
"Yo‘q, hech kim ishdan bo‘shatilgani yo‘q. Shunchaki struktura o‘zgarayapti. Struktura o‘zgarib bo‘lgach, barcha ariza yozganlar qaytadan ishga qabul qilinadi", — dedi suhbatdosh.
Bugun, 26-iyun kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida brifing o‘tkaziladi.
Brifingda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriq va mamlakat aholisining takliflari asosida kelgusida sohada olib borilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi.
Tadbirda Sputnik muxbiri ham ishtirok etishni rejalashtirgan. Brifing tafsilotlari haqida kechroq ma’lumot beramiz.