Qozog‘iston Rossiyaning ayrim hududlaridan parranda mahsulotlari olib kirishni ta’qiqladi

© REUTERS / Regis DuvignauMujchina derjit utok, zarajennix virusom ptichyego grippa
Mujchina derjit utok, zarajennix virusom ptichyego grippa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parranda grippi tufayli Qozog‘iston Rossiyaning 36 qush fabrikasi mahsulotini olib kirishni ta’qiqladi

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Rossiyaning ayrim hududlarida parranda grippi qayd etilishi munosabati bilan, 36ta qush fabrikasi mahsulotini olib kirishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xalqaro epizooterik buro xabariga ko‘ra, parranda grippining xavfli ko‘rinishlari Rossiyaning  Kursk, Penza va Samaraviloyatlarida qayd etilgan.

“Ushbu munosabat bilan, oziq-ovqat mahsulotlari sohasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2018-yilning  21-iyunidan boshlab Rossiyaning yuqorida qayd etilgan hududlarida yetishtirilgan tirik parranda, parranda go‘shti, parranda tuxumini Qozog‘istonga olib kirish ta’qiqlanadi”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari ushbu hududlardan qushlar uchun yem va parranda fermalarida foydalanilgan aspob-uskunalar olib kirish ham ta’qiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Saratov viloyatida ikki joyda paranda grippi aniqlanganini xabar qilgan edi. 22-iyun kuni Penza viloyatida ham to‘qqiz fermada shunday holat qayd etildi. Bundan oldin Rosselxoznadzor Kursk viloyatida parranda grippi aniqlanganini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0