Rishtonda kulolchilik festivali bo‘lib o‘tdi

© Xokimiyat Rishtanskogo rayonaVistavka keramiki v Rishtane
Vistavka keramiki v Rishtane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rishtonda bo‘lib o‘tgan kulolchilik festivalida butun O‘zbekistondan kelgan hunarmandlar hamda xorijiy sayyohlar ishtirok etishdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 21 – 24-iyun kunlari 1 – xalqaro "Kulollar va kulolchilik mahsulotlari" festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Rishton tuman hokimiyati.

"Tashkilotchilar ushbu festivalni doimiy ravishda o‘tkazib turishga qaror qilishdi. Kelgusida Turkiya, Italiya, Ozorbayjon davlarining kulollarini ham festivalga jalb etish rejalashtirilgan" -  deydi tuman xokimining o‘rinbosari Abdusalom Siddiqov.

© Xokimiyat Rishtanskogo rayonaVistavka keramiki v Rishtane
Rishtonda kulolchilik festivali bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston
Vistavka keramiki v Rishtane

Festivalda, shuningdek, Yaponiya,Germaniya, Fransiya,Belorus, Buyuk Britaniya, Tojikiston, Qizgiziston kabi davlatlardan xorijiy sayyohlar ham tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0