Qozog‘istonda 4 nafar bola cho‘milayotib cho‘kib ketdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalar ota-onalari nazoratisiz qoldirilgan va belgilanmagan joyda cho‘milayotgan bo‘lgan.

TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Yoshlari 9dan 12 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola Ostona yaiqinidagi Prigorodniy shaharchasidagi "Nura-Yesil" kanalida cho‘milayotgan vaqtda cho‘kib ketdi, deb xabar qilgan RIA Novostiga Qozog‘iston IIV FV qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov.

Uning xabariga ko‘ra, bolalarning yo‘qolganligi haqidagi xabar qutqaruvchilarga yakshanba kuni kelib tushgan, ular shu zahotiyoq qidiruv ishlariga kirishganlar.

"Qidiruv ishlari bugun ertalab natija berdi. Ertalab soat 5dan 17 daqiqat o‘tganida Prigorodniy shaharchasining "Nura-Yesil" kanalidan 2006, 2007, 2007 va 2009-yillarda tug‘ilgan bolalarning tanalari topilgan va olib chiqilgan. Bolalar yakshanba kuni belgilanmagan joyda cho‘milganliklari oqibatida cho‘kib ketganlar", — deb aytgan Imankulov.

U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar ota-onalari nazoratisiz qoldirilgan.

Yangiliklar lentasi
0