"Uzr, Rovshan aka": Utkin Ravshan Ermatovdan kechirim so‘radi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovSportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin
Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Utkin shuningdek, o‘zbekistonliklarni ham yarashib olishga chaqirgan, u "hech kimni millat jihatdan xafa qilmaganligini" ta’kidlab o‘tgan

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin o‘zining Instagram dagi sahifasida O‘zbekistonlik sudya Ravshan Ermatovdan uning nomiga aytgan haqoratlari uchun kechirim so‘radi.

Ravshan Irmatov vo vremya intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Ravshan Ermatov yana bir o‘yinga hakamlik qiladi
"Rovshan-aka, men siz bu voqeaga ahamiyat berishingizga ishonmayman. Agar sudya-rekordsmen bo‘lsangiz, va bu shunday, u holda uzoq yillar davomida o‘z nomingizga dunyoning barcha tillarida eng yomon haqoratlarni eshitib kelasiz, va ular hech qanday ahamiyatga ega emasligini bilasiz. Agar mening so‘zlarim nimasi bilandir farq qilsa, meni kechiring, Rovshan-aka", — deb yozgan sharhlovchi.

Utkin shuningdek, o‘zbekistonliklarni ham yarashib olishga chaqirgan, u "hech kimni millat jihatdan xafa qilmaganligini" ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Utkin Argentina-Xorvatiya uchrashuvidagi sudyalikdan keskin norozi bo‘lib, o‘zining arbitr haqidagi mulohazalarini Tvitterdagi sahifasida joylagan edi. Sharhlovchi Ermatov yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarga sariq kartochka ko‘rsatmaganidan darg‘azab bo‘lgandi.

Ermatovga nisbatan bildirgan haqoratlaridan keyin internet foydalanuvchilari Utkinga hujumga o‘tib, o‘zbekistonlik sudyani qat’iy himoya qildilar va sharhlovchidan Ermatovdan kechirim so‘rashni talab qilgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0