TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Toshkent shahrida YPX va PPX avtomobillari yangi koʻrinishga ega boʻldi, deb xabar qilmoqda IBBB matbuot xizmati.
“Bu esa tizimda olib borilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarning bir qismi boʻlib, Toshkent shahar ichki ishlar organlari xizmati sifat jihatidan yangi bosqichga qadam qoʻyayotganidan dalolat beradi”, — deyilgan xabarda.
SHuningdek, xabarda aytilishiga koʻra, yangi avtomobillar inspektorlarning kundalik xizmati uchun zarur boʻlgan barcha zarur aloqa vositalari hamda tashqi va ichki kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.