TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Beshkekda qurilayotgan baland binolarning birida ishlayotgan kran boshqaruvchisi ish joyini tark etmay namoz oʻqishi aks etgan rolik internetda keng tarqalib ketdi.
Videoda kran boshqaruvchisi 12-13 qavatli bino balandligida turib, kranning gorizontal oʻqi ustida namoz oʻqigan.
Internet fioydalanuvchilarining baʼzilari buni uchun kran boshqaruvchisini maqtagan boʻlsa boshqalar uning xavfsizlik texnikasini buzganlikda ayblashmoqda.