Jalilov: meva-sabzavot eksporti ichki bozorimizdagi narxlarga ta’sir qilmaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishProdaja fruktov na rinke v Agadire.
Prodaja fruktov na rinke v Agadire. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U shuningdek, kompaniya u yoki bu mahsulotga narxni qanday belgilashi haqida ham aytib o‘tdi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. "O‘zbekoziqovqatxolding" boshqaruvi raisi Tohirjon Jalilovning aytishicha, meva-sabzavotlarning xorijga eksport qilinishi ichki bozordagi narxlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. U bu haqda Podrobno.uz muxbiri bilan suhbatda aytgan.

Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi

"Men odamlarning xorijga juda ko‘p meva-sabzavotlar olib chiqilayotgani uchun mamlakatimizdagi bozorlarda narxlar oshib ketgani haqidagi gaplarini tez-tez eshitaman. Albatta, bunday emas. Shunchaki hisoblab ko‘ring, biz 25 million tonna mahsulot yetishtiramiz, chetga esa atigi 1 million tonnadan ortiqrog‘ini sotamiz. Agar 15 million tonna mahsulot eksport qilsak, unda bu narxlarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi, hozirgi gaplarning bari mish-mish xolos", — dedi u.

U shuningdek, kompaniya u yoki bu mahsulotga narxni qanday belgilashi haqida ham aytib o‘tdi.

"Narxlarni men o‘zim xohlaganimdek belgilamayman. Ekspertlar dastlab mahsulotning marjinalligi, tannarxi, kelgusi investitsiyalar zaruriyatini hisoblab chiqishadi. Eksportorlar albatta bu yerda tiyinga olib, chetda so‘mga sotishni istashadi", — dedi Jalilov.

Yangiliklar lentasi
0