TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda "Bilimsiz va dangasa insonning jamiyatdagi o‘rni" deya nomlanuvchi yodgorlik o‘rnatildi, deb xabar berdi Kruz.uz.
Yodgorlik Qonliko‘l tumanidagi "Baxtli" dam olish parkida o‘rnatildi.
"Unda yuzaga kelgan ozgina muammolar oldida bosh egib, hech qanday maqsadga intilmaydigan, kitob o‘qimaydigan, mehnat qilishni xohlamaydigan, beparvo insonlarning xalq o‘rtasida va jamiyatimizdagi egallagan o‘rni aks ettirilgan. Bunday insonning o‘rni faqat gina… "bo‘shliq", — deyiladi xabarda.
Esdalikni o‘rnatishdan asosiy maqsad yoshlarni kitob o‘qishga, bilim olishga, hayotda uchragan muammolarni mardona yengib o‘tishga, mehnat qilish orqali jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishga intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
O‘tgan yili Navoiy shahrida kitobga haykal o‘rnatilgandi.