TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. 16-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilindi, deya xabar qildi "Gazeta.uz" o‘z manbasiga tayanib.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda u qarindoshlarinikida.
AQShda yashovchi Zokir Aliyev vatanga qarindoshlarining taklifi bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasidan viza olib kelgan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabarida u terroristik tashkilotga aloqadorlikda gumon qilinib, 2005-yildan beri qidiruvda bo‘lganligi aytilgandi.