Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulklar savdo do‘konlari orqali sotiladi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishRabota avtosalona
Rabota avtosalona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlarii tanlab olishni Majburiy ijro burosining hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan chiqishga cheklov bor-yo‘qligini MIB saytidan bilish mumkin bo‘ldi

Nizomga muvofiq ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish bo‘yicha savdo tashkilotlarii tanlab olishni Majburiy ijro burosining hududiy boshqarmalari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlov savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Tanlov komissiyasi tarkibi 5 kishidan iborat bo‘lib, MIB hududiy boshqarmasi boshlig‘i-Komissiya raisi, Davlat raqobat qo‘mitasi vakili, MIBning tanlov o‘tkazilayotgan tegishli tuman boshlig‘i, MIB hududiy boshqarmasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i, ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘’basi katta inspektori-komissiya a’zolari hisoblanadilar.

MIB hududiy boshqarmasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi komissiyaning ishchi organi bo‘lib hisoblanadi.

Komissiya tanlov o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotni tanlov o‘tkazilishi belgilangan kundan kamida 30 kun oldin OAV, Internet tarmog‘i va MIBning rasmiy veb saytlariga joylashtiradi.

Tanlov har yili bir marta o‘tkaziladi, zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari tanlov o‘tkazilishi ham mumkin.

Tanlovda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, turg‘un savdo shoxobchasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar qatnashishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari deb topish to‘g‘risidagi qaror Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0