O‘zbek xalqi, futboli, palovi va O‘zbekistonga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q - Utkin

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaSportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin
Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya bahsini boshqargan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterida haqorat qilgan va bu ko‘plab futbol ishqibozlarining g‘azabini keltirgandi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin Telegram kanalida futbol muxlislari uchun bayonot berdi.

Sportivniy kommentator, televedushiy Vasiliy Utkin - Sputnik O‘zbekiston
Utkin o‘zbek futbol muxlislari bilan bevosita muloqotga chiqishini ma’lum qildi

"Ravshan Ermatov a’lo darajadagi hakam. Hakam haqida hech qachon yomon so‘z aytmagan ishqiboz yo‘q. Va yomon so‘z bilan tilga olinmagan hakam ham yo‘q. Ravshan Ermatov a’lo darajadagi hakam, lekin u hakam. Va u bilan ham boshqa hakamlar bilan ro‘y bergan voqealar yuz beradi.

Mening o‘zbek xalqi, futboli, palovi va umuman, O‘zbekistonga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q. Ammo ishqibozlik qilishga, aqlimni yo‘qotishga va sizlar kabi omadimni sinashga haqqim bor.Agar buni tushunmasangiz, demak sizlar ishqiboz emassizlar. Yoki o‘zingizga tashqaridan nazar sola olmaysiz.

Ravshan Ermatovni, uning oilasi, yaqinlari, do‘stlari va vatandoshlarini barcha foydali va ezgu ishlarida Xudoning o‘zi qo‘llasin, mingga kirsin va hamisha sog‘ bo‘lsin!", deb yozadi Utkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya bahsini boshqargan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterida haqorat qilgan va bu ko‘plab futbol ishqibozlarining g‘azabini keltirgandi.

Yangiliklar lentasi
0