Shimoliy Koreya AQShga 200 nafar amerika askarlari jasadlarini qaytardi

© Noorullah Shirzada / AFPVoyennoslujashiy armii SShA
Voyennoslujashiy armii SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShga 200 harbiy xizmatchining jasadlari qaytarilgan

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya 1950-1953 yillarda kechgan Koreya urushida halok bo‘lgan 200 nafar amerika harbiy xizmatchilarining jasadini qaytarib yuborganligi haqida bayonot qildi.

El presidente de EEUU, Donald Trump y el líder norcoreano Kim Jong-un - Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik bo‘lsin - AQSh va KXDR yakuniy shartnoma imzolashdi
"Biz janglarda mardonavorcha halok bo‘lgan buyuk qahramonlarimizning jasadlarini qaytardik", — deb aytgan Tramp Minesotta shtati, Dulut shahrida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShga 200 harbiy xizmatchining jasadlari qaytarilgan.

Koreya yarimorolida o‘tgan urush davomida 35 mingdan ortiq amerika harbiylari halok bo‘lgan. Shular orasida 7,7 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.

Singapurda 12-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida AQSh va KXDR yetakchilari — Donald Tramp va Kim Chen In Koreya urushi vaqtida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan amerika harbiy xizmatchilarining jasadlarini izlash to‘g‘risida kelishib olishdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra qabul qilingan hujjatda, tomonlar "halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning tana qoldiqlarini izlash va xususan, identifikatsiya qilinganlarini tez orada qaytarish tarafdori ekanligi" ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0