Biz havas qilardik o‘qituvchining kiygan kiyimiga qarab - dotsent Qodirov bilan suhbat davomi

© SputnikMuxammadjon Kodirov
Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi dotsent Qodirov bilan suhbat davomida nega yoshlar o‘qituvchilik kasbini kam tanlashayotgani, erkak o‘qituvchilarning kamayib ketishi masalalariga to‘xtaldik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Bugungi kunga kelib, yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2000-yillar boshlarida ham ta’lim sohasi vakillari — o‘qituvchilar — xalq orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lganliklarini inkor eta olmaymiz.

2000-yillar boshlariga qadar, balki yana qo‘shimcha 5-6 yil narida o‘qituvchilar orasida erkaklar ko‘p edi.

Ucheniki i uchitel na uroke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning mavqeyi oshiriladi
"Uzoqqa bormay, dadamni misol keltiradigan bo‘lsam, 42-yil davomida maktabda nemis tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlaganlar. Kechagidek yodimda, uyimizga erkak o‘qituvchilar tez-tez mehmonga kelib turishardi. Matematika, jismoniy tarbiya, chet tillari o‘qituvchilari… Ularning suhbatlari, kayfiyati haqida eslaydigan bo‘lsam, o‘z kasbiga muhabbati, bolalarga mehri barq urib turardi. Aytmoqchi bo‘lganim, ziyolilar qatlami orasida erkaklar shu kechayu-kunduzda avvalgidek ko‘p ko‘zga tashlanmaydi", — deyman dotsent Qodirovga murojaat qilib.

Suhbatdoshim buning boisini oylik masalasiga taqaydi. Erkak kishi, ayniqsa, u hali yosh bo‘lsa, o‘qituvchi bo‘lib ishlashi mumkin bo‘lmay qolganini ta’kidlaydi.

"Urush yillaridan keyingi davrlarda o‘qituvchini ko‘rsangiz — havas qilardingiz uning kiyimini ko‘rib, yeydigan ovqatini ko‘rib. Biz ololmagan go‘shtlarni, biz ololmagan kolbasalarni ular magazindan olib ketardi. Ammo bugun ochig‘ini aytish kerak, shu kungacha o‘qituvchilarga berilgan oylik hech kimni qoniqtirmayotgandi. Yoshlar shuning uchun ketib qolishayapti. To‘g‘ri, ular oldin havas qilib kelayapti, deylik institutni bitirgan bo‘lsa 1-2 yil ishlayapti ham, lekin keyin qarasa, haligi oylik hech ortmayapti. Vaholanki, yoshlar, yosh kadrlar juda kerak bugun. Ular kompyuterni bilishadi, zamonaviy texnologiyalardan xabardor" — deydi dotsent.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi
Suhbatdoshim erkaklar oylik uch-to‘rt barobar ko‘p bo‘lgan sohalarga o‘tib ketishayotganini ta’kidlaydi.

"Sir emas, armiyaga ofitser bo‘lishga hozir navbat katta — pora berishga tayyor odamlar. Ofitser bo‘lib olsam, o‘qituvchilikdan qutulaman, xizmat qilaman armiyada, oyligim 3ta o‘qituvchining oyligiga barobar bo‘ladi, deydiganlar bor! Qayerga ketapti, nega ketapti, deymiz. Ilojsizlikdan ketapti-da. Yosh oila bo‘lsa, oziq-ovqatiga oyligi yetishi kerak-ku. Demak, yetmayapti, shuning uchun ketayapti. O‘qituvchilarni bu darajaga olib kelmaslik kerak", — deydi Qodirov va hozirda ko‘pchilik o‘qituvchilar hatto tushlik qilmay qo‘yishganini aytadi.

Shu yerda, eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston hukumati shu kechayu-kunduzda o‘qituvchilarning ijtimoiy ta’minlanganligi, ularning obro‘yi, mavqeyi masalalariga o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Yaqinda e’lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2018-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlari 24 foizga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlari esa 10 foizga oshirilishi kutilmoqda. Shuningdek, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan, o‘quvchilari hududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi turli fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan pedagog kadrlarga eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 20 barobarigacha miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tartibi joriy etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0