https://oz.sputniknews.uz/20180620/said-ahmad-hayoti-va-ijodi-22253405.html
Said Ahmad hayoti va ijodi
Said Ahmad hayoti va ijodi
Sputnik O‘zbekiston
Said Ahmadning biografiyasi, asarlari, dramaturgiyasi haqida batafsil maqolamizda tanishing.
2018-06-20T13:58+0500
2018-06-20T13:58+0500
2022-01-18T15:15+0500
madaniyat
yozuvchi
buyuk o‘zbek mutafakkirlari
said ahmad
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22254031_0:195:1000:758_1920x0_80_0_0_ee514328013764c859b1368e6baa60e5.jpg
Said Ahmad - Saidahmad Husanxo‘jayev, o‘zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biridir. Bo‘lajak yozuvchining bolaligi Toshkentda Elbek, G‘afur G‘ulom Oybek kabi yozuvchi va shoirlar davrasida o‘tgan va bu uning yozuvchi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Said Ahmad biografiyasi Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan. Yosh Said Ahmad o‘zini turli sohalarda: rassomlik, artistlik, fotograflik, qurilish va hatto doktorlikda ham sinab ko‘radi. Biroq, adabiyotni tanlaydi.1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi.O‘tgan asrning 50-yillarida Said Ahmad qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqini vaqtida “aksilsho‘roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi” sifatida ayblanib 25-yilga qamaladi. Said Ahmad Qozog‘istonning Qaraganda viloyati Jezqozg‘on lagerida 4-yil qamoqda o‘tiradi. Stalinning o‘limidan so‘ng, “aybi yumshatiladi” va ozod qilinadi.Said Ahmad asarlari1940 yilda birinchi mualliflik hikoyalar to‘plami “Tortiq” nomi bilan nashr etiladi. Uning “Cho‘l burguti”, “Lochin”, “Bo‘ston”, “To‘yboshi”, “Odam bo‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida yangilik ruhini olib kirgan. Adib xajvchi yozuvchi sifatida bir qator hikoyalar yozdi va shu bilan o‘zbek radio va televideniyesida miniatura teatriga asos soldi. “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xanka va Tanka” hikoyalari shular jumlasidandir.Adibning “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob” kabi hikoyalari qamoqxonada o‘tgan yillar asosida yaratilgan. Yozuvchining “Yo‘qotganlarim va topganlarim” xotiralari o‘zbek adabiyoti uchun qimmatli asar hisoblanadi. Kitobda bir qator yozuvchi va shoirlarning shaxsi va ijodiga chizgilar bitilgan. Jumladan, yozuvchi asarda G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Turob To‘la Saida Zunnunova haqida xotiralari bilan bo‘lishsa, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, O‘tkir Hoshimov, Ne’mat Aminov singari o‘zbek adabiyoti yorqin adiblarining hayoti va ijodidan qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab beradi.Said Ahmadning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan.Said Ahmad "Ufq" romani Romannavis sifatida ham yozuvchi ko‘plab asarlar yaratgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va o‘zbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. Yozuvchining ustozi Abdulla Qahhor asarni yuksak baholab, hatto yirik adabiy gazetada bu haqida maqola chop etadi. Asar uchta - "Qirq besh kun", "Hijron kunlarida", "Ufq bo‘sag‘asida" romanlaridan iborat bo‘lib, o‘tgan asrning eng yirik voqeligi- Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardan hikoya qiladi. Ushbu romanlarda adib mahorat bilan o‘zbek xalqiga xos oliyjanoblik, mehnatkashlik, to‘g‘riso‘zlikni yorqin bo‘yoqlarda, sodda, samimiy qahramonlar hayotida ko‘rsatib bergan. “Ufq” trilogiyasi tufayli Said Ahmad 1978-yili Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi.Said Ahmad "Jimjitlik" romani 1988-yilda yozilgan “Jimjitlik” romanida esa sho‘ro davrining turg‘unlik yillari ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan ko‘rsatilgan. Roman yovuzlik va ezgulikning abadiy kurashini aks ettiradi. Unda har bir qahramonning hayoti fojealarga boy va bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Va bu fojealar sababchisi ham ularning o‘zlari emas, balki o‘sha davr tuzumi ekanligi adib tomonidan mahorat bilan ifoda etilgan.Said Ahmad - dramaturgSaid Ahmad dramaturg sifatida ham sevimli ijodkor. Ayniqsa, uning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasi juda mashhur. Aynan shu komediya tufayli, adib turli mamlakatlarda bo‘ldi, dunyo kezdi. Komediya unga katta mashhurlik olib keldi. Komediya spektakli hamon O‘zbekiston va unga qardosh xalqlarning teatrlarida namoyish qilib kelinmoqda. “Kelinlar qo‘zg‘oloni” 30dan ortiq teatr sahnalarini ko‘rgan spektakl. 1984-yilda taniqli o‘zbek rejissori Melis Abzalov asar asosida kinokomediya suratga oladi. Film sovet davrida olingan eng yaxshi kinokomediyalaridan biri bo‘lib qolgan. Adib qalamiga mansub “Kuyov” spektakli ham o‘zbek teatrining oltin fondidan joy olgan.Said Ahmad va Saida Zunnunova Atoqli shoira Saida Zunnunova Said Ahmadning rafiqasi bo‘lib, ular birgalikda qisqa bo‘lsada, ammo sermazmun, baxtli hayot kechirishadi. Buni adibning xotiralarida, shoiraning esa she’rlarida payqash qiyin emas. Adibning rafiqasi haqida yozgan “Shoiraning feruza olami” xotiralari “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobida bor.1995 yilda Said Ahmad “Do‘stlik”, 1990-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanadi. “O‘zbekiston Xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Qahramoni” unvonlariga sazovor bo‘ladi. Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etadi. Yozuvchi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan. 2013-yil 10-iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarga haykallar o‘rnatilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2018
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22254031_0:102:1000:852_1920x0_80_0_0_85b94f99a2ffc4a2ecafdbd3bd18f44b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
said ahmad biografiyasi hayoti ijodi asarlari roman "ufq" "jimjitlik" "kelinlar qo‘zg‘oloni" trilogiya mushtum sharq yulduzi saida zunnunova said ahmad biografiya hayoti va ijodi jimjitlik ufq kelinlar qo'zgoloni mushtum sharq yulduzi said axmad
said ahmad biografiyasi hayoti ijodi asarlari roman "ufq" "jimjitlik" "kelinlar qo‘zg‘oloni" trilogiya mushtum sharq yulduzi saida zunnunova said ahmad biografiya hayoti va ijodi jimjitlik ufq kelinlar qo'zgoloni mushtum sharq yulduzi said axmad
Said Ahmad hayoti va ijodi
13:58 20.06.2018 (yangilandi: 15:15 18.01.2022) Atoqli o‘zbek yozuvchisi, dramaturgi Said Ahmadning biografiyasi, bosib o‘tgan hayot yo‘li va yaratgan asarlari haqida batafsil maqolamizda tanishing.
Said Ahmad - Saidahmad Husanxo‘jayev, o‘zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biridir. Bo‘lajak yozuvchining bolaligi Toshkentda Elbek, G‘afur G‘ulom Oybek kabi yozuvchi va shoirlar davrasida o‘tgan va bu uning yozuvchi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan.
Yosh Said Ahmad o‘zini turli sohalarda: rassomlik, artistlik, fotograflik, qurilish va hatto doktorlikda ham sinab ko‘radi. Biroq, adabiyotni tanlaydi.
1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi.
O‘tgan asrning 50-yillarida Said Ahmad qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqini vaqtida “aksilsho‘roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi” sifatida ayblanib 25-yilga qamaladi. Said Ahmad Qozog‘istonning Qaraganda viloyati Jezqozg‘on lagerida 4-yil qamoqda o‘tiradi. Stalinning o‘limidan so‘ng, “aybi yumshatiladi” va ozod qilinadi.
1940 yilda birinchi mualliflik hikoyalar to‘plami “Tortiq” nomi bilan nashr etiladi. Uning “Cho‘l burguti”, “Lochin”, “Bo‘ston”, “To‘yboshi”, “Odam bo‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida yangilik ruhini olib kirgan. Adib xajvchi yozuvchi sifatida bir qator hikoyalar yozdi va shu bilan o‘zbek radio va televideniyesida miniatura teatriga asos soldi. “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xanka va Tanka” hikoyalari shular jumlasidandir.
Adibning “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob” kabi hikoyalari qamoqxonada o‘tgan yillar asosida yaratilgan.
Yozuvchining “Yo‘qotganlarim va topganlarim” xotiralari o‘zbek adabiyoti uchun qimmatli asar hisoblanadi. Kitobda bir qator yozuvchi va shoirlarning shaxsi va ijodiga chizgilar bitilgan. Jumladan, yozuvchi asarda G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Turob To‘la Saida Zunnunova haqida xotiralari bilan bo‘lishsa, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, O‘tkir Hoshimov, Ne’mat Aminov singari o‘zbek adabiyoti yorqin adiblarining hayoti va ijodidan qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab beradi.
Said Ahmadning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Romannavis sifatida ham yozuvchi ko‘plab asarlar yaratgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va o‘zbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. Yozuvchining ustozi Abdulla Qahhor asarni yuksak baholab, hatto yirik adabiy gazetada bu haqida maqola chop etadi. Asar uchta - "Qirq besh kun", "Hijron kunlarida", "Ufq bo‘sag‘asida" romanlaridan iborat bo‘lib, o‘tgan asrning eng yirik voqeligi- Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardan hikoya qiladi. Ushbu romanlarda adib mahorat bilan o‘zbek xalqiga xos oliyjanoblik, mehnatkashlik, to‘g‘riso‘zlikni yorqin bo‘yoqlarda, sodda, samimiy qahramonlar hayotida ko‘rsatib bergan. “Ufq” trilogiyasi tufayli Said Ahmad 1978-yili Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Said Ahmad "Jimjitlik" romani
1988 yilda yozilgan “Jimjitlik” romanida esa sho‘ro davrining turg‘unlik yillari ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan ko‘rsatilgan. Roman yovuzlik va ezgulikning abadiy kurashini aks ettiradi. Unda har bir qahramonning hayoti fojealarga boy va bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Va bu fojealar sababchisi ham ularning o‘zlari emas, balki o‘sha davr tuzumi ekanligi adib tomonidan mahorat bilan ifoda etilgan.
Said Ahmad dramaturg sifatida ham sevimli ijodkor. Ayniqsa, uning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasi juda mashhur. Aynan shu komediya tufayli, adib turli mamlakatlarda bo‘ldi, dunyo kezdi. Komediya unga katta mashhurlik olib keldi. Komediya spektakli hamon O‘zbekiston va unga qardosh xalqlarning teatrlarida namoyish qilib kelinmoqda.
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” 30dan ortiq teatr sahnalarini ko‘rgan spektakl.
1984 yilda taniqli o‘zbek rejissori Melis Abzalov asar asosida kinokomediya suratga oladi. Film sovet davrida olingan eng yaxshi kinokomediyalaridan biri bo‘lib qolgan. Adib qalamiga mansub “Kuyov” spektakli ham o‘zbek teatrining oltin fondidan joy olgan.
Said Ahmad va Saida Zunnunova
Atoqli shoira Saida Zunnunova Said Ahmadning rafiqasi bo‘lib, ular birgalikda qisqa bo‘lsada, ammo sermazmun, baxtli hayot kechirishadi. Buni adibning xotiralarida, shoiraning esa she’rlarida payqash qiyin emas. Adibning rafiqasi haqida yozgan “Shoiraning feruza olami” xotiralari “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobida bor.
1995 yilda Said Ahmad “Do‘stlik”, 1990-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanadi. “O‘zbekiston Xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Qahramoni” unvonlariga sazovor bo‘ladi.
Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etadi. Yozuvchi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.
2013 yil 10-iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarga haykallar o‘rnatilgan.