Ekspert qayd etishicha, birinchi navbatda O‘zbekiston o‘zi uchun siyosiy va iqtisodiy manfaat borligini ta’kidladi.
"Respublika o‘zining janubiy qo‘shnisi bilan yaxshi aloqalarni olib borishga manfaatdor — tinch Afg‘oniston — bu tovarlarni sotish uchun muhim bozor va janubiy yo‘nalishdagi boshqa hududlarga chiqish imkoniyatidir. Shu ma’noda Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasida hech qanday yangilik yo‘q", — deb ta’kidladi Knyazev.
Knyazev so‘zlariga ko‘ra, boshqa tomondan O‘zbekiston tomonidan geosiyosiy omilni kuzatish mumkin.
"Bu ma’noda Toshkent Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirishda AQShning ma’lum bir buyurtmasini bajarmoqda. AQSh uchun afg‘on muammolariga O‘zbekistonni jalb qilish — umumiy C5+1 loyihaning bir qismidir. Shuning uchun Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyalashuv jarayonlaridan, birinchi navbatda Rossiyadan chalg‘itish va ko‘proq janubiy bozorlarga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi", — deb tushuntirdi ekspert.
Knyazev uzoq muddatli va istiqbolli muzokalarga to‘xtalar ekan, ular vaqtinchalik va aniq vazifalarni hal qilish xarakterda bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.