Inoyatov ishdan ketdi. O‘zbekistonliklar ta’lim tizimi "oyoqqa turishiga" umid qilishmoqda

© anons.uzUlugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya
Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi. Ulug‘bek Inoyatov ishdan olindi. Xabarlarga ko‘ra, vazir o‘rinbosarlari orasida faqatgina Alisher Sa’dullayev o‘z o‘rnini saqlab qolgan, qolgan barchasi ishdan ketgan

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan olindi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar tarqatdi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchi zo‘rg‘a yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi
Xabarlarga ko‘ra, Ulug‘bek Inoyatov o‘rniga shu paytgacha Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan.

Shuningdek, nashrlar tarqatgan xabarlarga ko‘ra eng yosh vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayevdan boshqa barcha o‘rinbosarlar almashgan.

Xabarlarga ko‘ra, Inoyatovning vazirning birinchi o‘rinbosari Kadirbay Bekturdiyev hamda vazir o‘rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjayev ham lavozimidan ozod qilingan.

Bunga qadar Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lib ishlagan Sarvar Boboxo‘jayev, shuningdek innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosarlari Otabek Nazirov va Alisher Umarov vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlar.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Inoyatovning o‘rniga Shermatov vazir etib tayinlanganligi haqidagi xabarlarni xursandchilik bilan qarshi olishmoqda.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati, Shermatovga "yangilikka intiluvchan" deya baho berishib, endilikda xalq ta’limi tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga umid bildirishmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0