2017 yilda Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar oqimi 19 %ga kamaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva
Inostrannie rabochie vozvrashayutsya k rabote posle obedennogo pereriva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Salbiy iqtisodiy vaziyat tufayli, 2017-yilda Rossiyaga kirib kelayotgan mehnat migrantlari soni kamayib, chiqib ketayotganlar soni oshgan.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi 2017-yilda oldingi yilga nisbatan 19%ga kamaydi, deyilgan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) hisobotida.   

“Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan migrantlar oqimi 2017-yilda 212 ming kishini tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 19%ga kam. 2016-yilda Rossiyaga 262 ming migrant kelgan”, - deyilgan RIA Novosti xabarida.

Kirib kelayotgan migrantlar asosan Ukraina, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Armaniston respublikalari fuqarolaridir.

O‘z navbatida Rossiyadan chiqib ketayotgan migrantlar soni ham 313 mingdan 377 ming kishiga oshdi. Ushbu ko‘rsatgich ham yildan yilga oshib bormoqda. Mehnat migrantlari asosan salbiy iqtisodiy vaziyat tufayli chiqib ketmoqda, deyilgan OESR hisobotida.  

Xabarda, shuningdek 2017-yilda Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni ham 4 %ga kamaygani qayd etilgan. 2017-yilda 254 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan. Ularning 40 % - Ukraina fuqarolari, 15 % - Qozog‘iston fuqarolari. Armaniston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari – 9 %dan.

Yangiliklar lentasi
0