O‘zbekistonning tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud - FVV

© Facebook/darvozSel v Tadjikistane
Sel v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8 iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketgani xabar qilingandi.

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar qildi.

Sel soshel na doroge k granitse Gruzii s RF - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida sel bir nechta avtomobilni oqizib ketdi – jarohatlanganlar bor

“2018 yilning 19-21 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi Markaz xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketgani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0