TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan “Urganch markaziy dehqon bozori”da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida bozorning yopiq savdo pavilonidagi savdo rastalarining 200 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.