Toshkentdagi KFC restoranlarida alkogol ichimliklar taqiqlanadi

© Sputnik / Vitaliy BelousovSet restoranov KFC
Set restoranov KFC - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taom tayyorlashda qo‘llaniladigan barcha xomashyo halol bo‘ladi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkentdagi KFC restoranlarida taom tayyorlashda qo‘llaniladigan barcha xomashyo halol bo‘ladi va alkogol ichimliklar sotish taqiqlanadi, deb xabar berdi "Novosti Uzbekistana" portali.

Perviy restoran izvestnoy mejdunarodnoy seti KFC otkroyut v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ilk KFC restorani qayerda joylashishi ma’lum bo‘ldi

Mehmonlar o‘zlari bilan alkogol ichimliklarni olib kelib, iste’mol qilishga ruxsat berilmaydi.

Bundan avval, yaqin vaqt ichida Toshkentning "Chilonzor" va "Buyuk ipak yo‘li" metro bekatlari yaqinida, shuningdek Vestminster universiteti qarshisida O‘zbekistonda ilk bor KFC restoranlari ochilishi kutilmoqda.

KFC sutkada 24 soat davomida ishlaydi. Hozircha KFC ochilishi haqida aniq sanasi aytilmayapti.

Bundan tashqari O‘zbekistonda McDonald's va Burger King restoranlari ochiladi. Ushbu xorijiy brendlar bilan Davlat turizmni rivojlantirish, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent viloyati hokimiyati ish olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0