TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tmoqda.
"Tashqi ishlar vazirligining boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida uzilishlar bo‘lishi mumkin", — deyiladi TIV xabarida.
TIV, xususan, o‘z veb-sahifasi, Facebookdagi sahifasi, YouTubedagi kanalida uzilishlar kuzatilishi haqida internet manbalari mehmonlari va OAVlar vakillarini ogohlantirdi.
Tashqi ishlar vazirligi yangi bino manzili haqida ma’lumot aytilmagan.