TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti — Oliy Majlisning yuqori palatasi — Senat Islom Karimov ko‘chasida joylashgan Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar qildi.
Tashqi ishlar vazirligi esa, Xalq bankining bosh qarorgohi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylashadi.
Bundan avval, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa joyga ko‘chayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.