Tojikiston diniy ulamolari nozik mavzuda fatvo e’lon qildi

© © Sputnik / Amir IsayevDvores Natsii v Dushanbe, arxivnoe foto
Dvores Natsii v Dushanbe, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston diniy ulamolari ayollarni ular uchun noodatiy bo‘lgan jinsiy aloqaga majburlashni taqiqlash to‘g‘risidagi fatvoni e’lon qildilar

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Tojikiston Islom markazi o‘z ayollarini ular uchun odatiy bo‘lmagan jinsiy aloqaga majburlaydigan erkaklarni qoraladi.

Massaj - Sputnik O‘zbekiston
Qizlar nogironligi bor odamlarga jinsiy aloqa qilishlariga yordam berishmoqda - ular kim?
Tojikiston Islom markazi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda juma namozi vaqtida o‘z rafiqalarini ular uchun noodatiy bo‘lgan jinsiy aloqaga, xususan oral jinsiy aloqaga majburlagan erkaklar katta gunoh sodir etayotganliklarini ma’lum qilgan.

Juma namozida aytilgan va’z markaz saytida e’lon qilingan.

Tojikistonlik diniy ulamoning so‘zlariga ko‘ra, bunday "buzuqchilik" manbai — bu internet va pornofilmlardir.

Tojikiston islom markazi fatvolar bo‘limi rahbari Jamoliddin Xomushiyning izoh berishicha, Saidmukarram Abdulqodirzoda o‘z erlarining hatti-harakatlaridan tahqirlangan ayollardan ko‘plab arzlar kelib tushgach ushbu nozik mavzuda fatvo e’lon qilgan. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar tomonidan g‘ayrioddiy tarzda jinsiy aloqalarga majburlash ular Rossiyadan qaytib kelgach boshlangan.

Tojikistonlik taniqli shifokor, "Asrori zanoshui" kitobi muallifi, Mulozuxur Toxiriy oral jinsiy aloqa Tojikistonda unchalik ommabop emasligi, uni kamsonli er-xotinlar amaliyotda qo‘llashlarini aytib o‘tgan. "Jinsiy aloqaning bu turini potensiyasi susaygan erkaklarga tavsiya etishadi", — deydi u.

Yangiliklar lentasi
0