TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda “O‘zsanoateksport” va "O‘ztreyd" aksiyadorlik jamiyatlariga yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.
Unga ko‘ra, Tashqi savdo vazirligi "O‘zsanoateksport" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib, Oybek Alibekovich Mirzabekov tasdiqlangan.
Mirzabekov bunga qadar ushbu jamiyat raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tuzilma 2015-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan tashkil qilingan. "Uzsanoatexport" o‘sha vaqtda mavjud Markazsanoateksport va Uzprommashimpeks aksiyadorlik jamiyatlari bazasida tashkil qilingan edi.
Bundan tashqari, Tashqi savdo vazirligi qoshidagi "O‘ztreyd" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib, Doniyor Sadiqovich Kadirov tasdiqlandi.
Kadirov bunga qadar "O‘zagroeksportbank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
"O‘ztreyd" AJ ham Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 26-maydagi qarori bilan tashkil qilingan. Bu tashkilot mahalliy mahsulotlarga xorijdan yangi bozor va xaridorlarni topishga mas’uldir.