O‘zbekistonliklar kommunal xizmatlar uchun to‘lash jarayonini soddalashtirishni so‘ramoqda

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovJenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente
Jenshina schitayet banknoti posle obmena valyuti v filiale Natsionalnogo banka Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolar kommunal to‘lov hujjatlarini to‘ldirish va navbatlarda turish uchun ko‘p vaqt sarflayotganligi, kassalar ish kunlari soat 9 dan 18 gacha ishlashi, bu ishlaydigan fuqarolar uchun noqulayligi haqida murojaat tayyorlashdi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Meninig Fikrim jamoaviy murojaatlar portalida kommunal xizmat to‘lovlarini to‘lash jarayonidagi qog‘ozbozlikni tugatish, to‘lovlarni to‘lash uchun "shaxsiy kabinet" tashkil etish zarurligi to‘g‘risida murojaat paydo bo‘ldi.

Mnogoyarusnaya parkovka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi

Muallif so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ko‘pchilik fuqarolar kommunal xizmat to‘lovlarini amalga oshirish uchun kassaga borishga majbur.

Buning sababi — to‘lovning boshqa usullardan, Click tizimi orqali hisob to‘ldirilganligi haqidagi tasdiqning bilib olish mumkin emasligi, shuningdek mijozning "shaxsiy kabinet" tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi bayon etilgan. Mijozlar to‘lov to‘langanligi haqida ma’lumotlarni ko‘ra olmasligi va SMS-axborot tizimi mavjud emasligini aytishgan. Iste’molchilar to‘lov amalga oshirilganligi va qarzdorlik yo‘qligini isbotlash uchun kvitansiyalarni saqlashga majbur.

Kvitansiya to‘ldirish, navbatlarda turish uchun ko‘p vaqt sarflanayotganligi, kassalar esa ish kunlari soat 9 dan 18 gacha ishlashi, bu ishlaydigan fuqarolar uchun noqulayligi haqida murojaat tayyorlandi.

Muallifning fikriga ko‘ra, bu noqulayliklar to‘lov to‘lamaydigan odamlar ko‘payishi aytiladi.

Ushbu murojaatni qo‘llab quvvatlaganlar kommunal xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlarning rasmiy saytlarida mijozlar "shaxsiy kabinet" tashkil qilishni so‘rashmoqda. Bu orqali mijozlar to‘lov balansi va amalga oshirilgan to‘lovlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0