DXX AQSh fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat xavfsizlik xizmati AQSh fuqarosi bo‘lgan va terrorchilikda ayblangan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati xodimlari mamlakat janubida terrorchilikda ayblangan AQSh fuqaroligiga ega mahalliy fuqaroni qo‘lga oldi.

“O‘tgan dam olish kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida DXX xodimlari tomonidan ushbu tumanda tug‘ilib o‘sgan, 2014-yilda AQSh fuqaroligini olgan shaxs qo‘lga olindi”, - deyilgan muassasa xabarida.

Qo‘lga olingan shaxs 2000-yillarda O‘zbekiston Islom harakati (ta’qiqlangan) terrorchilik tashkiloti safiga kirgan va keyinchalik Afg‘oniston hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
FXX qamoqxonada terrorchi yollashga harakat qilgan fuqarolarni aniqladi

2005 yilda O‘IHning boshqa a’zolari bergan guvohlik asosida ushbu shaxsga nisbatan Andijon viloyatining Xonobod tuman sudi tomonidan O‘zbekiston JKning “Konstitutsion tuzumini to‘ntarishga urinish”,  “Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish”, “Diniy, ekstremistik va separatistik tashkilotlar tuzish” kabi bandlari bo‘yicha  ayblovlar qo‘yilib, 18-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan edi.

“Qo‘lga olingan shaxs o‘z qilmishlarini tan oldi. Ayni damda unga nisbatan sud tomonidan belgilangan jazo choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan muassasa vakili  RIA Novosti muxbiriga.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Islom harakati tashkiloti 1996-yilda O‘zbekistondan Afg‘oniston hududiga qochib o‘tgan siyosiy guruhlar tomonidan tashkil qilingan edi. O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar O‘IHni terrorchi tashkilot deb tan olgan. 2014-yilning oktabrida O‘IH rahbari Usmon G‘ozi tashkilot “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga qo‘shilganini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0