TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning Jambul viloyatida yo‘lovchi poyezdining bir necha vagoni izidan chiqib ketgan va ag‘darilib tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ostana — Olma-Ota yo‘nalishida harakatlanayotgan "Bayterek" poyezdi tarkibida jami 20ta vagon bo‘lgan. Halokat oqibatida ularning 6tasi yoniga qulab tushgan. Uch kishi jarohatlangan bir o‘smir vafot etgan. Jarohatlanganlar tuman kasalxonasiga yuborildi”, — deb xabar qildi Jambil viloyati FVV matbuot xizmati RIA Novostiga.
Voqea joyidan olingan videolavhada yoniga ag‘darilib tushgan poyezd vagonlaridan sakrab tushayotgan yo‘lovchilarni ko‘rish mumkin. Poyezdning qolgan yo‘lovchilari ikkinchi yo‘ldan Shu bekatiga olib ketilgan.