TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Qonliko‘l tumanining chekka hududlaridan biri Arzimbetkum OFYdagi "Turkiston" ovulida mol va qo‘ylarni bo‘g‘izlab yurgan bo‘ri ushlandi. Bu haqda "KRuz.uz" manbasi xabar berdi.
Bo‘rini mo‘ynoqlik ovchi Izbaskan Isayev tutgan.
Xabarga ko‘ra, uni tutishni shu paytga qadar hech kim uddalay olmagan.
Tuman hokimi ovchiga qo‘y sovg‘a qilgan.