Terrorchilarning hammasi Parijda - Tramp G7 uchrashuvida nimalar degan

Obuna bo‘lish
Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega: "Sindzo, sizda bu muammo yo‘q, lekin sizga 25 millionta meksikalikni jo‘natishim mumkin va siz tez orada ishsiz qolasiz", degan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "Katta yettilik" (G7) sammitida hamkorlariga nisbatan keskin so‘zlar aytgan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Wall Street Journal gazetasining YeIdagi yuqori martabali amaldorga tayanib yozishicha, Eron va terrorizmga oid mavzularni muhokama qilish chog‘ida Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Parijdagi terrorchilar haqida gapirgan.

Foto, sdelannoe na polyax sammita G7 - Sputnik O‘zbekiston
G8, G7 yoki G6+1? Hamma bir tomon Tramp boshqa tomon

"Siz shuni bilib qo‘ying, Emmanuel, chunki hamma terrorchilar Parijda joylashgan", — deya iqtibos keltiradi gazeta Amerika rahbarining so‘zlaridan.

Manbaning qayd etishicha, Yevropadagi migratsiya masalasini muhokama qilish paytida Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abega: "Sindzo, sizda bu muammo yo‘q, lekin sizga 25 millionta meksikalikni jo‘natishim mumkin va siz tez orada ishsiz qolasiz", degan.

O‘z navbatida Amerika kompaniyalari mahsulotlariga nisbatan bojlar kiritilishi va ikki tomonlama savdo kelishuvlari rad etilganligi uchun Yevropa ittifoqi raisi Jan-Klod Yunker Tramp tomonidan "shafqatsiz qotil" deb atalgan.

Kanadaning Kvebek provinsiyasida 8-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan G7 sammitini AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurda KXDR rahbari bilan uchrashish uchun avvalroq tark etgandi.

Yangiliklar lentasi
0