Yangi terminalda yangi injener-texnologik uskunalar o‘rnatilgan, Wi-Fi aloqa xizmati, "yashil yo‘lak" va "qizil yo‘lak" xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, 4 ta bagaj lentalari, 24 ta pasport tekshirish joyi, viza bilan ta’minlash punkti va 2 ta valyuta almashtirish shaxobchalari, 2 ta Duty free do‘kon hamda 2 ta kafeteriy bor.
Yangi terminalda pasport nazoratidan o‘tish vaqti 7-10 daqiqagacha qisqartirilgan.Oldin ushbu jarayonga 15-20 daqiqa vaqt sarflanar edi.