Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan respublikada 15-17 iyun kunlari Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida nishonlanadi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Jumladan, Afg‘oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, O‘mon, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy kamissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘lladi.

Yangiliklar lentasi
0