Qisqa muddatda Atambayevning sochlari oqarib ketdi - OAV

© SputnikPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arashan qishlog‘iga Hayit namoziga tashrif buyurgan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev o‘ychan edi. Kamiga, sochlari oqarib ketgandi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti va mamlakatdagi sotsial-demokratik partiya rahbari Almazbek Atambayev "Ata-Beyit" memorial-majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Siyosatchi Chuy viloyatining Arashan qishlog‘ida o‘tgan hayit namozida ishtirok etgan. Namozdan so‘ng norasmiy muhitda qishloqdoshlari bilan muloqotda bo‘lgan va "Ata-Beyit" memorial majmuasiga yo‘l olgan.

Bu yerda 2010-yil Aprel inqilobida halok bo‘lgan qahramonlar haqqiga duo o‘qilgan.

Fotosuratlarda Almazbek Atambayev o‘ychan holda aks ettirilgan. Kamiga siyosatchining sochlari haddan oqarib ketganligi ko‘zga tashlanmoqda, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0