Tramp Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi

© Sputnik Stas EtveshPolumesas, arxivnoe foto
Polumesas, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp dunyodagi barcha musulmonlarga sihat-salomatlik va farovonlik tiladi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik maktubini yo‘lladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyov vo vremya vizita v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Oq uyda Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuvi qanday o‘tdi

"Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz. Ramazon oyining yakunlanishini nishonlar ekanmiz, adolat va rahm-shafqatga asoslangan Islom dinining qo‘shnilarga yordam berish va turli e’tiqoddagi insonlar bilan rizqini baham ko‘rishdek muqaddas an’anasini yanada teran anglaymiz. Iyd al-Fitr bir-birini qo‘llab-quvvatlash va barchaning o‘z salohiyatini to‘laligicha yuzaga chiqarish imkonini beradigan jamiyat barpo etish mas’uliyatini yodga soladi", — deyilgan AQSh prezidenti Donald Trampning qutlovida.

Tramp dunyodagi barcha musulmonlarga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llab, ushbu bayram kunlarida va kelgusi yilda ularga sihat-salomatlik va farovonlik tiladi.

Yangiliklar lentasi
0