Rossiya 2019-yilda qurilish sohasida migrantlar sonini qisqartiradi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroitelstve jilogo kompleksa
Rabochiy na stroitelstve jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2019-yildan boshlab qurilish sohasida mehnat migrantlari sonini 80 % miqdorida cheklanishi mumkin.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Rossiya Mehnat vazirligi qurilish va transport sohasida migrantlar mehnatini cheklashga qaror qildi. Ushbu qonun loyihasi normativ hujjatlar portalida joylashtirildi.

Unda 2019-yildan boshlab qurilish sohasida mehnat migrantlari sonini 80 % miqdorida cheklash taklif qilingan. Mehnat akademiyasi prorektori Aleksandr Safonov aytishiga qaraganda, bugungi kunda qurilish korxonalarida 100% gacha ishchilar chet el fuqarolari bo‘lishi mumkin.

Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: patentlarning qimmatligi migrantlarni yorug‘likka chiqarmayapti

Qonunda istisnolar ham bor, Moskva, Amur, Xabarovsk viloyatlarida qurilish sohasida migrantlar mehnatiga cheklov kiritilmaydi.

Cheklovlar kiritiladigan ikkinchi soha – transport sohasi bo‘ladi. Ushbu sohada 2017-yilda migrantlar mehnati 30 % miqdorida cheklangan edi. 2018-yilda cheklov 28 % miqdorda belgilandi, 2019-yilda esa 26 %ga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda mehnat migrantlariga aptekalarda, magazinlarda, savdo chodirlari va bozorlarda sotuvchilik qilish ta’qiqlangan. Shuningdek magazinlarda ishlaydigan migrantlar soni 15%dan oshmasligi kerak.

Qishloq xo‘jaligi sohasida migrantlar mehnatiga 50% miqdorida cheklov saqlanib qoladi. Ushbu cheklov faqat Primorsk o‘lkasi va Astraxan viloyatida qo‘llanilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0