O‘zbekistonda iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor meyorlari joriy qilinadi

© Sputnik / Maksim BlinovPokupatel v supermarkete
Pokupatel v supermarkete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan inson uchun eng zarur bo‘lgan dukkaklilar, un mahsulotlari, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut mahsulotlari – jami 46 turdagi mahsulot o‘rin olgan.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda “iste’mol savati” va “kun kechirish uchun zarur miqdor” tushunchalari joriy qilinadi hamda ularni hisoblash tasniflari aniqlanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida O‘zbekistonda minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdorni hisoblash tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur Nizom loyihasi 27-iyunga qadar muhokama qilinishi va 1-iyuldan amalga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

Nizom loyihasiga ilova qilingan ro‘yxatda to‘la-to‘kis va sog‘lom ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatlanishning o‘rtacha bir sutkalik minimal tibbiy meyorlari belgilandi. Mazkur ro‘yxatdan inson uchun eng zarur bo‘lgan dukkaklilar, un mahsulotlari, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut mahsulotlari – jami 46 turdagi mahsulot o‘rin olgan.

Minimal iste’mol savati va kun kechirish uchun zarur miqdor qiymatlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan oylik asosda kelasi oyning 15-sanasigacha hisoblab chiqiladi.

Fuqarolar mazkur Nizom loyihasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0