O‘zbekistonda 2018-yilning eng faol hamshiralari aniqlandi

© Press slujba Minzdravoxraneniya Respubliki UzbekistanV Tashkente sostoyalsya finalniy etap respublikanskogo smotra-konkursa "Xamshira-2018"
V Tashkente sostoyalsya finalniy etap respublikanskogo smotra-konkursa Xamshira-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hamshira-2018” tanlovida birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinadi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Toshkentda “Hamshira-2018” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Tanlovning final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 nafar hamshira qizlar o‘zaro bellashdi.

Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filiali markaziy qabulxona bo‘limi hamshirasi  Dilnoza Xoliqova tanlovda birinchi o‘rin sovrindori bo‘ldi.

Zomin tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi hamshirasi Xolida Yusupova ikkinchi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyat filiali qabul diagnostika bo‘limi hamshirasi Marhabo Abdukarimova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

An’anaga muvofiq, “Hamshira-2018” tanlovida birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilinadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi respublika kengashi va O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0